Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Innovatsiya vazirligida «Skolkovo» jamg‘armasidan maslahatchi lavozimi joriy etiladi
Joriy yil 6 aprel kuni Rossiyaning «Skolkovo» jamg‘armasi raisi Arkadiy Dvorkovich Innovatsion rivojlanish vazirligiga tashrif buyurdi.
Vazirlik xabariga ko‘ra, O‘zbekiston innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov va «Skolkovo» jamg‘armasi raisi Arkadiy Dvorkovich o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar natijasida tomonlar hamkorlikda startap loyihalar tanlovlarini o‘tkazishga kelishib oldi.
«Skolkovo» jamg‘armasining startap loyihalarni venchur moliyalashtirishdagi tajribasini inobatga olgan holda, Ibrohim Abdurahmonov jamg‘armani «UzVC» milliy venchur fondiga boshqaruv kompaniyasi tanlovida ishtirok etishga taklif qildi.
Shuningdek, tomonlar Innovatsion rivojlanish vazirligiga «Skolkovo» jamg‘armasi tomonidan venchur moliyalashtirish bo‘yicha maslahatchi lavozimini joriy etish masalasini ham muhokama qildi.
«Skolkovo» texnoparki tajribasidan kelib chiqqan holda, O‘zbekistonda innovatsion texnoparklarni takomillashtirish, axborot texnologiyalari sohasida startaplarning rivojlanishi uchun maqbul ekotizimni yaratish borasida fikrlar almashildi.
Uchrashuvda tomonlar Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Yoshlar akademiyasi a'zolari va yosh startapchilar uchun «Softlending» dasturini davom ettirishga kelishib oldi. Shuningdek, jamg‘arma bilan hamkorlikda o‘tkazilishi rejalashtirilgan va o‘tgan yili pandemiya tufayli o‘tkazilmagan «Startap tur»ni joriy yil kuz oylarida tashkil etish ma'qul deb topildi.
Mavzuga oid
09:39 / 02.09.2022
«Skolkovo» maktabi hammuassisi, milliarder Vardanyan Rossiya fuqaroligidan voz kechadi
08:21 / 08.08.2022
Arkadiy Dvorkovich Xalqaro shaxmat federatsiyasi prezidenti etib qayta saylandi
09:53 / 13.04.2022
Innovatsiya vazirligi hukumatda Sardor Umrzoqov rahbarlik qilayotgan tizimga o‘tkazildi
21:06 / 23.03.2022