Sport | 20:20 / 10.04.2021
16161
5 daqiqa o‘qiladi

Italiyada Ronaldu – Shomurodov to‘qnashuvi, Angliyada «MYu» Mourinoga qarshi

Ushbu haftaning dam olish kunlari muxlislarni bir qator qiziqarli va shiddatli o‘tishi kutilayotgan o‘yinlar kutib turibdi. Jumladan, Ispaniyada butun dunyo nigohi «El-Klasiko»ga qadalsa, Angliyada Mourino boshchiligidagi «Tottenxem» «Manchester Yunayted»ga qarshi saf tortadi. Apenin yarim orolida esa Eldor Shomurodov to‘p surayotgan «Jyenoa» Turinda «Yuventus» mehmoni bo‘ladi.

 La Liga. 30-tur

10 aprel (shanba)

ReAL – BARSeLONA

O‘yin boshlanish vaqti: 23:59

TV-translatsiya: UzReportTV

Mavsum boshida «Atletiko» katta farq bilan peshqadamga aylangach, ko‘pchilik Suares yetakchiligidagi jamoaning muddatdan avval chempion bo‘lishi haqida gapira boshlagandi. Ammo Simeone jamoasi so‘nggi o‘yinlardagi omadsizliklari tufayli «Barselona» va «Real» deyarli yetib olishdi. Endi bir ochkolik farqqa qaramay, «Atletiko» emas yana o‘sha «Barsa» va «Real»ning chempionlik uchun imkoniyati ko‘proq sanalmoqda.

Shanba oqshomida butun dunyo nigohi Madridda o‘tadigan «El Klasiko»ga qaratiladi. Bahs oldidan jamoalar orasidagi farq 2 ochkoni tashkil etayotgani bois ikki tomon ham chempionlik uchun katta qadam tashlashi uchun faqat g‘alabani ko‘zlaydi. Bu bahsda Zidan jamoasiga jarohat tufayli Serxio Ramos, koronavirus sababli Rafael Varan singari himoyachilar yordam bera olmasa, Kuman jamoasiga Pike yordam bera olmasligi mumkin.

APL. 31-tur

11 aprel (yakshanba)

TOTTeNHEM – MYu

O‘yin boshlanish vaqti: 20:30

TV-translatsiya: FutbolTV/UzReportTV

Angliya Premer-ligasi chempionligi uchun kurashda 2-o‘rindagi «Manchester Yunayted» «Manchester Siti»dan katta farq bilan ortda qolayotgan bo‘lsa-da, top-4lik uchun kurashda Sulsher jamoasi katta ustunlikka ega. Bu safargi bahsda «MYu» Londonda «Tottenhem»ga qarshi saf tortadi. «Yunayted»ning Joze Mourino jamoasiga qarshi bahsi barchaning diqqatini tortadi. Ayniqsa, bu klublar o‘rtasidagi birinchi davradagi o‘yinda Mourino shogirdlari Manchesterdan 6:1 hisobidagi g‘alaba bilan qaytganligini mankunianlar unutgani yo‘q. Shunday ekan, «MYu» shu kuni revansh o‘tida yonsa, «Tottenhem» Chempionlar ligasiga yo‘llanma beruvchi top-4likdagi o‘rin uchun kurashishda davom etadi. 

 APL. 31-tur

11 aprel (yakshanba)

VeST HEM – LeSTeR

O‘yin boshlanish vaqti: 18:05

TV-translatsiya: FutbolTV/UzReportTV

Premer-liganing ushbu turidan yana bir qiziqarli bahs o‘rin olgan. Ko‘pchilik uchun kutilmaganda top-4likdan joy olib turgan «Vest Hem» o‘z maydonida 3-o‘rinni egallab turgan «Lester»ga qarshi saf tortadi. Shotlandiyalik Devid Moyyes va shimoliy irlandiyalik Brendan Rojyers murabbiyligidagi jamoalar to‘qnashuvida haqiqiy britancha futbol guvohiga aylansak, ajabmas. O‘yindagi g‘alaba Londonning eng yaxshi klubi bo‘lib turgan «Vest Hem»ga «Lester»ga yaqinlashib olish imkonini bersa, «Lester» «MYu» bilan farq kattalashib ketmasligi ilinjida o‘ynaydi.

 A Seriya. 30-tur

11 aprel (yakshanba)

YuVeNTUS – JYeNOA

O‘yin boshlanish vaqti: 18:00

TV-translatsiya: FutbolTV/UzReportTV

Eldor Shomurodovning «Yuventus»ga o‘tishi mumkinligi haqidagi xabarlardan keyin hamyurtimizning o‘yinida nisbatan pasayish kuzatilgan bo‘lsa-da, Eldor «Yuventus» bilan bahsda yana turinliklar e'tiboriga tushish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ronaldu yetakchiligidagi «keksa sinoralar» so‘nggi ikki o‘yinda ochko yo‘qotishdi, ayniqsa «Benevento»dan uchralgan mag‘lubiyat turnir jadvalida «Benevento»ning yonidan o‘rin olgan «Jyenoa»ga ham Turinda g‘alaba qozonish umidini bergan bo‘lsa, ajab emas. Shu kuni hujumkor mezbonlar va himoyaviy o‘yinni ma'qullaydigan Ballardini jamoasi o‘rtasidagi bahs murosasiz va shiddatli o‘tishini kutsa bo‘ladi.

Boshqa o‘yinlar:

10 aprel (shanba)

MANCheSTeR SITI – Lids (16:30), BAVARIYa – Union Berlin (18:30), LIVeRPUL – Aston Villa (19:00), Strasbur – PSJ (20:00), Parma - MILAN (21:00), Shtutgart – BORUSSIYa D (21:30), Kristal PELAS – Chelsi (21:30).

11 aprel (yakshanba)

INTeR – Kalyari (15:30), Sheffild – ARSeNAL (23:00), Betis – ATLeTIKO (23:59).

Усмон Ибодов
Tayyorlagan Усмон Ибодов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid