Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Haydovchilar uch xil hujjatni ko‘rsatish majburiyatidan ozod bo‘ladi
Hukumat qarori bilan, 2021 yil 1 sentyabrdan boshlab, haydovchilardan quyidagi hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi:
- transportni boshqarish uchun ishonchnoma (notarial tartibda tasdiqlangan);
- avtomobil texnik ko‘rikdan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi ma'lumot;
- «tonirovka» ruxsatnomasi.
Ushbu hujjatlar elektron shaklga o‘tkaziladi.
Bu – 4 may kuni qabul qilingan «Yo‘l harakati xavfsizligi sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatish tartib-taomillarini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi hukumat qarorida nazarda tutilgan.
Shuningdek, 2021 yil 1 avgustdan boshlab avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchiligiga nomzodlardan imtihonlarni qabul qilish uchun hujjatlarni va milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP) orqali amalga oshiriladi.
Avtomobillarga davlat raqami rasmiylashtirish va haydovchilik guvohnomasi berish soddalashtirilmoqda
Mavzuga oid
10:24 / 24.05.2026
$57 millionlik ezgu tashabbus va IIVdagi ikki xil standart - hafta dayjesti
15:05 / 19.05.2026
Piyodaning yo‘lini to‘sgan haydovchi guvohnomasidan ayrildi
12:22 / 16.05.2026
Mutlaq rekord: Toshkentda 912 marta qoida buzgan Matiz aniqlandi
17:35 / 15.05.2026