Joriy yil 11 iyun kuni Chigil konidagi 5-sonli quduqda olib borilgan mukammal ta'mirlash ishlaridan so‘ng undan olinayotgan tabiiy gazning kunlik hajmi 150 ming kub. m ga ko‘paydi. Quduq 12 Ø mm li shtutserda ishlamoqda.
Yilning 12 iyun kuni olinayotgan gazni mamlakat aholisiga yetkazib berish maqsadida quduq gaz uzatish tarmog‘iga ulanadi.
Barcha ishlar o‘rnatilgan sanitariya-epidemiologiya va ekologiya talablariga muvofiq holda amalga oshirilmoqda
Epsilon Matbuot xizmati Ⓣ