09:00 / 06.08.2021
11060

Odamlar nima der ekan, dod-voylarsiz “snos”lar, ishonchga qurilayotgan uylar – “O‘zbegim” turar joy majmuasiga sayohat

Brend asoschisi Baxtiyor To‘xtayev

Yillab to‘plagan puliga uy olmoqchi yoki biznes uchun ofis xarid qilmoqchi bo‘lgan har qanday inson uchun ishonch muhim omil sanaladi. Ko‘p hollarda “aldanib qolmacmikinman”, “keyin mashmashasi chiqmasmikan” degan o‘y xaridorlar xayolining bir chetida bo‘lishi tabiiy. O‘ziga va ishiga ishongan, foydadan ham ko‘ra odamlarining ishonchi uchun ishlaydigan qurilish firmalari hech qachon jamoatchilik nazoratidan yoki jurnalistlarning savollaridan qochmagan. Toshkent shahrida uy-joy qurilishi bilan shug‘ullanadigan “Solidity Group” firmasi o‘z faoliyati haqidagi har qanday savollarga javob berish maqsadida jurnalist va blogerlarni qurilish maydonlariga – press-turga taklif qildi.

Odamlar nima der ekan?

Birinchi manzil Yakkasaroy tumani Bobur ko‘chasida joylashgan “O‘zbegim” nomli turar joy majmuasining qurilish ishlari bilan tanishish bo‘ldi. Har galgidek, qurilish shirkati turar joy majmuasini tanishtirishni qurilish qachon boshlangani va qachon topshirilishi, nemis romlaridan tortib eshiklarigacha, fin liftlari-yu ishlatilayotgan marmarlarining sifatliligi haqidagi ma'lumotlardan boshladi. Yerosti turargohi, birinchi qavatdan joy oladigan xizmat ko‘rsatish ofislari va majmuaning eng yuqori qismigacha batafsil tushuntirildi. Shu joyiga kelganda majmua rahbari Baxtiyor To‘xtayevning “Odamlar nima der ekan, ularga noqulaylik bo‘lmasin”, degan gapi e'tiborimni tortdi. Gap uyning tom qismida sharqona uslubda qilingan gumbazlar ichida nimalar joylashishi haqida ketayotgan edi.

Baxtiyor To‘xtayevning ta'kidlashicha, dastlab bu yerda restoran qurish rejada bo‘lgan. Keyinchalik esa xonadon egalariga noqulaylik tug‘dirmaslik maqsadida gumbazlar ichida biznes uchun ofislar joylashadigan bo‘lgan. Yana bir e'tiborli jihati shundaki, majmuadan joy xarid qilmoqchi bo‘lganlarning nafaqat qulaylik, balki moddiy imkoniyati va maqsadlariga hamohang tarzda, ikki tomonning o‘zaro bir-birini tushunish tamoyili asosida narx taklif etilar ekan.

“O‘zbegim” turar joy majmuasidagi joylashgan 1,2 gektar maydonda turli qavatli: 10-14 qavatgacha binolarni 7 ta blok ko‘rinishida qurish loyihalashtirilgan. Majmuani shu yilning to‘rtinchi choragiga qadar qurib bitkazish ko‘zda tutilgan.

Dod-voylarsiz “snos”lar

Qurilish firmasining birinchi qurilish ishi Yakkasaroy tumani Kichik Beshyog‘och ko‘chasida joylashgan “Family House” nomli majmuasi bo‘lgan va u 2018 yilda foydalanishga topshirilgan. “Family House” loyihasi uchun ajratilgan yer maydoni buzilish ishlarisiz hokim qarori bilan ajratilgan.

Ichki ko‘rinish

Qurilish firmasiga keyingi qurilish ishida Shayxontohur tumanidagi Chaqar mahallasida, yangi turar joy qurilishda “snos”, ya'ni yuz yildan ortiq vaqtdan buyon yashab kelgan xonadon egalari bilan kelishish masalasiga duch kelgan.

Tadbirda ma'lum qilinishicha, avval ikkita qurilish firmasi xonadon egalari bilan kelisha olmay qurilish qilishdan voz kechgan. Tayinki, barcha odamlarni birdek rozi qilish mushkul vazifa. Ular orasida tushunadigani ham, uyining haqiqiy bahosidan o‘n baravar ko‘p so‘raydiganlari ham topiladi.

Majmua rahbari Baxtiyor To‘xtayevning alohida ta'kidlashicha, eng qiyin va qariyb firmaning bir yil vaqti “snos”larni hal qilishga ketgan.

“Har bir xonadon egasi bilan alohida-alohida gaplashib, ularning takliflarini eshitgandan so‘ng ularga mos keladigan bir nechta taklif berdik… Xonadonlarni baholashda, vaqtinchalik yashab turish uchun kvartira pullarini belgilashda bozor narxlaridan chetga chiqmaslikka va ikki tomon ham oshkora, o‘rtada yolg‘on ishlatmaslikka kelishib oldik. Istalgan xonadonga kirib, egalari bilan gaplashib ko‘rishingiz mumkin. Barchasini rozi qilib, uylarni sotib oldik”, – deydi Baxtiyor To‘xtayev.

Chaqar mahallasida zamonaviy turar joy va noturar majmualarini qurish rejalashtirilgan. Ayni vaqtda mahallada buzish ishlari olib borilib, maydon qurilish uchun tayyor qilinmoqda. Qurilishni joriy yilning oxiriga borib, to‘rtta blok qurish ishlaridan boshlash reja qilingan.

Zamonaviy kasblar uchun majmua

Keyingi galgi manzilimiz Yakkasaroy tumani Shota Rustaveli ko‘chasida eski uslubdagi ko‘p qavatli turar joylar o‘rniga zamonaviy turar joy majmuasini qurish rejalashtirilgan maydon bo‘ldi. Bu yerda qurilishi ko‘zda tutilgan turar va noturar majmuaning loyihasi ustida ish olib borilmoqda. Ayni paytda 45 sotixda joylashgan uylarda yashovchi xonadon egalari bilan o‘zaro muzokara olib borib, ularni rozi qilgan holatda xonadonlar sotib olingan

Baxtiyor To‘xtayev yig‘ilganlarga loyihaning qiziq jihatini ochiqladi. Uning aytishicha, ustozlaridan birining taklifiga ko‘ra, qurilish maydonining bir qismida hozirgi kunda juda muhim sanalayotgan: IT texnologiyalari, SMM xizmati kabi zamonaviy bilim beradigan o‘quv majmuasini qurish rejalashtirilgan.

Qurilish maydonlari ko‘rib chiqilgandan so‘ng shirkat rahbarlari jurnalist va blogerlarga savol-javob uchun alohida vaqt ajratdi. Muzokaralar chog‘ida shu narsa ayon bo‘ldiki, qurilish firmasining asosiy maqsadi – ochiq va shaffof ishlash, odamlar ishonchini qozonish va bu ishonchni oqlash.

Videoni ko‘rish 👉 https://www.youtube.com/watch?v=KfICdUfiyvs

Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Bobur ko‘chasi 46/2. +99890 009 0009, 95 511 0009, ozbegimuzb@gmail.com www.uzd.uz

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top