Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nogironligi bo‘lgan shaxslarga «aqlli soat»lar yetkazib beriladi
“Nogironligi bo‘lgan shaxslarga ko‘rsatilayotgan tibbiy-ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2021 yil yakunigacha 2 ming dona zamonaviy eshitish moslamalarini xarid qilinib, ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalarida o‘qiyotgan eshitish qobiliyati zaif bolalarga yetkaziladi.
Xarid qilinishi rejalashtirilgan 260ta koxlear implantatlariga qo‘shimcha ravishda 355ta koxlear implantatlari sotib olinadi va 5 yoshgacha bolalarga jarrohlik amaliyoti orqali o‘rnatiladi.
2021 yilda qo‘shimcha 2 ming nafargacha, 2022 yildan boshlab har yili 3 ming nafargacha bolaga tug‘ma yurak nuqsoni hamda bosh miyadagi patologik o‘zgarishlar (jumladan, gidrotsefaliya) bo‘yicha jarrohlik amaliyotlari o‘tkaziladi.
Har yili kamida 110 nafar bemor bola uchun transpedikulyar tizim (fiksatorlar) to‘plamlari xarid qilgan holda, ularda skolioz va umurtqa pog‘onasining boshqa patologiyasi bo‘yicha jarrohlik amaliyotlari amalga oshiriladi.
Shuningdek, yiliga o‘rtacha 1 000 nafar bolaga tug‘ma va patologik son chiqishini jarrohlik amaliyotlari orqali davolash uchun zarur metall konstruksiyalari sotib olinadi.
Har yili kamida 140 nafar bemor bolada ko‘krak qafasi deformatsiyasini davolash uchun 150ta maxsus plastinalar xarid qilinib, o‘rnatiladi.
Bundan tashqari, bemor bolalarga tug‘ma oyoq-qo‘l patologiyalarini davolash uchun 350ta Ilizarov apparatlari xarid qilinadi.
Har yili kamida 100 nafar bemor bolaga jarrohlik amaliyotlari davomida suyak defektlarini to‘g‘rilash uchun kollopan granulalarini xarid qilinadi.
Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi va uning hududiy markazlari 2021–2023 yillarda 54ta, shundan 2021 yilda 14ta zamonaviy ekzoskelet uskunasi bilan ta'minlanadi.
2021–2025 yillarda 11,6 ming dona, shu jumladan 2021 yilda 1 100 dona elektr yuritmali kreslo-aravachalari xarid qilinadi, ko‘zi ojiz bolalar va kattalar 9 ming dona ovozli termometr, 10 ming dona ovozli tonometr, 20 ming dona yig‘ma Brayl alifbosi bilan ta'minlanadi.
O‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar og‘ir va favqulodda vaziyatlarga tushganda ularga tezkor yordam ko‘rsatish haqida xabar berishning innovatsion loyihasi joriy etiladi. Bunda, 2021 yilda 5 mingtagacha va 2022–2023 yillarda 12 mingta maxsus funksiyaga ega soat (“aqlli soat”) tegishli toifadagi shaxslarga yetkazib beriladi.
Mavzuga oid
08:32 / 17.03.2026
Yirik va megaloyihalar uchun parallel ekspertiza amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi
15:31 / 14.03.2026
Har ikki yilda 3 ming nafar statistika mutaxassisi o‘qitiladi
10:12 / 10.03.2026
Toshkentda Navro‘z munosabati bilan xalq sayillari tashkil etiladi
10:48 / 12.02.2026