Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kobulda komendantlik soati kiritiladi
Afg‘oniston ichki ishlar vaziri vazifasini vaqtincha bajarayotgan Abdulsattor Mirzakval Afg‘oniston poytaxti Kobulda tartibsizliklar oldini olish va aholini himoyalash maqsadida komendantlik soati kiritilishini e'lon qildi. Bu haqda Khaama Press axborot agentligi xabar berdi.
“Tartibsizliklar oldini olish, Kobul aholisi xavfsizligi va mol-mulki saqlanishini ta'minlash maqsadida soat 21dan shaharning barcha qismlarida harakatlanishga cheklov kiritiladi”, deb e'lon qilgan Mirzakval.
U shahar aholisini osoyishtalikni saqlashga, soat 21dan keyin o‘z uylarini tark etmaslikka va hukumat ko‘rsatmalariga amal qilishga chaqirgan.
Avvalroq “Tolibon” harakati matbuot kotibi Zabihulla Mujohid Kobulning ba'zi tumanlari toliblar nazorati ostida ekanini, “yuzaga kelgan vaziyat ortida talon-torojliklar va o‘g‘riliklar yuz berishi xavfi borligini” aytgan.
Uning ta'kidlashicha, Kobulning ba'zi tumanlarida politsiya xavfsizlikni ta'minlash bo‘yicha o‘z ishini tashlagan, vazirliklar evakuatsiya qilingan, prezident ma'muriyati xavfsizlik xizmati xodimlari esa Kobuldan qochgan.
Avvalroq Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani maxsus samolyotda Tojikistonga uchib ketgani ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
10:11 / 13.03.2026
Afg‘oniston Pokistonning Kobulga zarbalari oqibatida qurbonlar borligini ma’lum qildi
07:58 / 27.02.2026
Pokiston Afg‘oniston poytaxti Kobulga aviazarbalar berdi
08:48 / 19.09.2025
Kobulda O‘zbekiston ishtirokida savdo va logistika korxonasi tashkil etildi
19:02 / 22.07.2025