Jahon | 23:30 / 20.08.2021
8182
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya va Belarus sentyabrda 200 ming harbiy ishtirokida mashg‘ulotlar o‘tkazadi

Rossiya va Belarus qurolli kuchlarining “G‘arb-2021” strategik mashg‘ulotlarida 200 mingga yaqin harbiy ishtirok etadi. Mashg‘ulotlar 10–19 sentabr kunlari ikki davlat hududlarida bo‘lib o‘tadi.

Foto: TASS

Rossiya mudofaa vazirligi vakili general-mayor Yevgeniy Ilinning ma'lum qilishicha, Rossiya va Belarus hududida o‘tadigan mashg‘ulotlarga 200 ming harbiydan tashqari, 80 taga yaqin samolyot va vertolyot, 760 ta harbiy texnika birligi, jumladan 290 ta tank, 240 ta yalpi o‘t ochish reaktiv tizimlari va minomyotlar, 15 tagacha kema jalb qilinadi.

Uning aytishicha, mashg‘ulotlar faqatgina mudofaa maqsadlarida o‘tkazilib, qo‘shinlarni zamonaviy sharoitlarda harbiy harakatlar olib borishga o‘rgatish va Rossiya, Belarus hamda ittifoqdosh davlatlar harbiy idoralarining o‘zaro moslashuvchanligini oshirishga qaratilgan.

Strategik mashg‘ulotlarga, shuningdek, ShHT va KXShTga a'zo davlatlardan harbiylar va kuzatuvchilar taklif etilgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid