Jahon | 19:58 / 23.08.2021
14459
1 daqiqa o‘qiladi

Afg‘oniston sobiq aloqa vaziri Germaniyada taom tashish xizmatida ishlamoqda

Vazir Afg‘onistondan Germaniyaga 2020 yil dekabrda ketgandi. Saodatning so‘zlariga ko‘ra, yig‘ib qo‘ygan mablag‘i tugaganidan so‘ng ish topishga majbur bo‘lgan.

Foto: DPA

Afg‘oniston sobiq aloqa vaziri Sayid Ahmad Shoh Saodat Leypsigda kurer bo‘lib ishlamoqda, deb yozadi Leipziger Volkszeitung gazetasi.

Vazir Afg‘onistondan Germaniyaga 2020 yil dekabrda ketgandi. Saodatning so‘zlariga ko‘ra, yig‘ib qo‘ygan mablag‘i tugaganidan so‘ng ish topishga majbur bo‘lgan. Hozirda sobiq vazir Lieferando yetkazib berish xizmatida taom va ichimliklar tashish bilan shug‘ullanmoqda.

Saodatning aytishicha, u Telekom kompaniyasida (Germaniya telekommunikatsion kompaniyasi, Yevropada birinchi va dunyoda uchinchi o‘rinda turadi) ishlashni orzu qiladi.

«Tolibon» Afg‘onistonda hokimiyatni qo‘lga kiritganidan so‘ng ko‘plab amaldorlar mamlakatni tark etdi. Jumladan, prezident Ashraf G‘ani BAAga ketgani ma'lum bo‘ldi. 

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid