Jahon | 21:07 / 23.08.2021
5878
2 daqiqa o‘qiladi

Polsha Belarus bilan chegarada devor tiklashga qaror qildi

20 avgust kuni Blashchak Yevroittifoqqa yo‘l olgan migrantlar oqimi bilan bog‘liq inqiroz sababli harbiylar Belarus bilan chegarani qo‘riqlashga jalb etilgani haqida aytgandi. 

Foto: Reuters

Polsha armiyasi harbiylari chegarachilar bilan birgalikda Belarus chegarasida balanligi 2,5 metrli devor quradi. Bu haqda Polsha milliy mudofaa vaziri Mariush Blashchak o‘z Twitter sahifasida ma'lum qildi.

20 avgust kuni Blashchak Yevroittifoqqa yo‘l olgan migrantlar oqimi bilan bog‘liq inqiroz sababli harbiylar Belarus bilan chegarani qo‘riqlashga jalb etilgani haqida aytgandi. 

Blashchakning so‘zlariga ko‘ra, chegarada 100 km masofaga to‘siq o‘rnatilgan, yana 50 km to‘siq o‘rnatish ishlari qolgan. Vazir namoyish etgan fotosuratlardan ushbu to‘siq tikanli simdan iborat bo‘lib, balandligi odam bo‘yidan pastroq ekanligini ko‘rish mumkin.

Belarus, Litva va Polsha chegarasidagi migrantlar soni yozda ko‘paydi. Bu may oyida Aleksandr Lukashenko Belarus Yevropaga yo‘l olmoqchi bo‘lgan migrantlarga to‘sqinlik qilmasligini aytganidan so‘ng boshlandi. 

Belarus – Polsha chegarasining uzunligi 398 km.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid