Jahon | 07:26 / 25.08.2021
6206
1 daqiqa o‘qiladi

Germaniya Afg‘onistonga 600 million yevro yordam puli ajratadi  

Germaniya Afg‘onistonga insonparvarlik yordami sifatida darhol 100 mln yevro va keyinroq yana 500 mln yevro ajratadi. Bu haqda Germaniya kansleri Angela Merkel “Katta yettilik”ning Afg‘oniston bo‘yicha o‘tgan uchrashuvi yakuniga ko‘ra ma'lum qildi.

 
Merkelning ta'kidlashicha, mamlakatning ayni vaqtdagi ustuvor vazifasi Afg‘onistondan o‘z fuqarolarini evakuatsiya qilishi masalasi hisoblanadi.  
 
Avvalroq Germaniya evakuatsiya uchun Kobul aeroportidan 31 avgustdan keyin ham foydalanish bo‘yicha muzokaralar olib borayotgani ma'lum qilingandi. Biroq “Tolibon” g‘arb davlatlariga Afg‘onistondan o‘z fuqarolarini olib chiqishni yakunlash uchun bergan oxirgi muddatni uzaytirish niyatida emas. Toliblar xorijiy fuqarolar Afg‘onistondan olib chiqilishi 31 avgustgacha yakunlanishini talab qilishmoqda. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid