Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya Afg‘onistondan o‘z qo‘shinlarini olib chiqishni boshladi
Turkiya mudofaa vazirligi 25 avgustda Afg‘onistondan o‘z harbiylarini olib chiqishni boshlaganini ma'lum qildi. Vazirlikning Twitter’dagi xabarida ta'kidlanishicha, turk qo‘shinlarini “turli muzokaralar va joriy vaziyat baholangandan keyin” olib chiqishga qaror qilindi.
“Turk harbiylari Afg‘onistonda o‘z burchlarini ado etib, o‘z vatanlariga mag‘rurona qaytmoqdalar. Muzokaralar o‘tkazilib, joriy vaziyat va yaratilgan sharoitlar baholangach, turk harbiylarini evakuatsiya qilish boshlandi”, deb ma'lum qilingan vazirlik xabarida.
Afg‘onistonda 600ga yaqin turk harbiysi NATOning nojangovar missiyasida ishtirok etgan. Undan Afg‘oniston hukumat qo‘shinlarini tayyorlash maqsad qilingan bo‘lgan. Harbiylar Afg‘onistonda 2002 yildan beri xizmat olib borishgan.
Turk harbiylari amerikalik va britaniyalik hamkasblari bilan birga Kobul aeroportida tartibni saqlab turishgan.
Anqara AQSh qo‘shinlari Afg‘onistondan olib chiqilgandan keyin Kobul aeroportini qo‘riqlashni taklif qilgan, biroq “Tolibon” vakili Zabihulla Mujohid toliblar Turkiya bilan yaxshi munosabatlarni istashini, biroq turk harbiylarini Afg‘onistonda ko‘rishni xohlamasligini aytgan.
Avvalroq Reuters axborot agentligi “Tolibon” vakillari Turkiyaga Kobul aeroporti ishini yo‘lga qo‘yishda yordam so‘rab murojaat qilganini ma'lum qilgan. Toliblar turk harbiylari Afg‘onistondan olib chiqib ketilgachgina ushbu texnik yordamga umid qilishlarini aytishgan.
“Tolibon” vakili Zabihulla Mujohid toliblar aeroport xavfsizligini o‘zlari mustaqil ta'minlay olishayotganini, u yerda turk kuchlari bo‘lishiga zarurat yo‘qligini aytgan.
Mavzuga oid
09:06 / 03.06.2026
O‘zbekiston Afg‘onistonga qishloq xo‘jaligi urug‘liklarini beg‘araz yetkazib berdi
09:00 / 03.06.2026
“Tolibon” va Rossiya: harbiy yaqinlashuv nimani anglatadi?
21:38 / 27.05.2026
Rossiya va «Tolibon» harbiy-texnik hamkorlik bo‘yicha kelishuvga erishdi
18:25 / 25.05.2026