Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1 sentabr kuni Niagara sharsharasi O‘zbekiston bayrog‘i ranglarida yoritiladi
O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan Shimoliy Amerikadagi eng chiroyli va dunyoga mashhur Niagara sharsharasi 1 sentabr kuni O‘zbekiston bayrog‘i ranglarida yoritiladi. Bu haqda O‘zbekistonning AQShdagi favqulodda va muxtor elchisi Javlon Vahobov o‘zining Twitter sahifasida xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, sharshara O‘zbekiston bayrog‘i ranglarida yoritilish vaqti mahalliy vaqt bilan 1 sentabr kuni soat 22:30ga to‘g‘ri keladi. O‘zbekistonliklar ushbu hodisani Toshkent vaqti bilan 2 sentabr kuni soat 7:30da ushbu havola orqali jonli efirda ko‘rishlari mumkin.
Sharsharaning O‘zbekiston bayrog‘i bilan yoritilish vaqti 15 daqiqa davom etishi kutilmoqda.