Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Adliya xodimlari 250 litrdan oshiq donorlik qoni topshirdi
Adliya vazirligi tomonidan “Mehr ulash” xayriya qon topshirish aksiyasiga start berildi. Bu haqda Vazirlikning Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar bermoqda.
Ma'lum bo‘lishicha, aksiya doirasida adliya tizimi xodimlari tomonidan ko‘ngilli ravishda 250 litrdan oshiq donorlik qoni topshirilgan.
Gematologiya va qon quyish ilmiy-tadqiqot institutining ma'lumot berishicha, pandemiya davrida donorlar soni keskin kamaygan va og‘ir bemorlarning donorlik qoniga bo‘lgan talabi sezilarli darajada oshgan.
Statistik ma'lumotlarga ko‘ra, O‘zbekison Respublikasida 2020 yil davomida ko‘chma donorlik punktlariga 15 mingdan ziyod ko‘ngilli fuqarolar qon topshirgan va minglab bemorlarning hayoti saqlab qolingan.
“Ushbu aksiyadan ko‘zlangan asosiy maqsad donorlikni rivojlantirish va rag‘batlantirishdir.
O‘tkazilgan mazkur beg‘araz donorlik aksiyasi turli kasalliklar yoki baxsiz hodisalar tufayli qonga muhtoj bo‘lgan insonlar, xususan, bemor bolajonlarning sog‘ayib ketishlariga muayyan darajada yordam beradi.
Adliya vazirligi xayrli ishda chetda turmay donorlik qilgan adliya organlari va muassasalari xodimlariga o‘z minnatdorligini bildiradi” – deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
08:39 / 04.06.2026
Insofsiz sug‘urta agentlarining ochiq reyestri yuritiladi
11:51 / 22.05.2026
IIV, Adliya va Tog‘-kon vazirligi - davlat boshqaruvidagi eng ilg‘or idoralar
15:51 / 12.05.2026
800 ga yaqin davlat xizmatida byurokratiya nolga tushirilishi aytildi
17:10 / 27.04.2026