![](https://storage.kun.uz/source/7/06pX_2chGojY5W_fLYI-gNFkX0WNah1I.jpg)
Foto: EPSILON
Joriy yil 24 oktyabr kuni Qashqadaryo viloyati, Ayzovat konidagi 15-sonli quduqda burg‘ilash ishlari yakunlangach, undan sanoat ko‘lamidagi gaz oqimi olindi.
Olinayotgan gazni respublika aholisiga yetkazib berish maqsadida bugunoq quduq gaz uzatish tizimiga ulanadi.
Barcha ishlar sanitariya-epidemiologiya va ekologiya qoidalariga rioya qilgan holda amalga oshirilmoqda.
Epsilon Matbuot xizmati Ⓣ