Jahon | 10:56 / 28.10.2021
5677
2 daqiqa o‘qiladi

Niderlandiyada Adolf Hitler nomiga QR-kod paydo bo‘ldi

Niderlandiyada Adolf Hitler nomiga sanitar ruxsatnoma uchun QR-kod paydo bo‘ldi. Mamlakatning sog‘liqni saqlash, ijtimoiy ta'minot va sport vazirligi ushbu holatni tergov qilmoqda. Bu haqda NLTIMES portali xabar berdi.

Foto: Depositphotos

Jurnalistlar ushbu QR-kodni yaratgan haker bilan aloqaga chiqishgan. U Hitler nomiga kodni mijozlarga 300 yevroga istalgan ismga koronavirusga qarshi emlanganlik yoki koronavirusga manfiy testga egalikni tasdiqlovchi sanitar ruxsatnoma qilib bera olishini isbotlash uchun yaratgan. Hakerning aytishicha, u avvalroq Fransiya va Polshada bunday QR-kodlarni yarata olgan. Ushbu kodlarni Niderlandiyada ham qo‘llash mumkin.

Sog‘liqni saqlash vazirligi Hitler nomiga QR-kod qanday yaratilganini aniqlashga harakat qilmoqda. Vazirlik hakerga Polsha va Fransiyaning QR-kodlarini qalbakilashtirishga imkon bergan maxfiy kalitlar o‘g‘irlangan bo‘lishi mumkinligini o‘rganmoqda. Shu bilan birga, firibgar ushbu davlat sog‘liqni saqlash tizimida ishlashi mumkinligi ham istisno qilinmayapti. 

Avvalroq kiberxavfsizlik bo‘yicha rossiyalik mutaxassis Sergey Vakulin hakerlar koronavirusga qarshi emlanganlikni tasdiqlovchi QR-kodlarni o‘g‘irlashi mumkinligini aytgan. Uning ta'kidlashicha, buning uchun ular kod, fotosurat va videotasvir saqlanuvchi qurilmaga masofadan kiradi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid