Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zbekneftgaz» London fond birjasida yevroobligatsiyalar chiqaradi
Vazirlar Mahkamasining “Neft va gaz tarmog‘i transformatsiyasini amalga oshirishda tashqi moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiya qilishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Davlat kafolati ishtirokisiz xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, "O‘zbekneftgaz"ni moliyaviy sog‘lomlashtirish maqsadida 2021 yil noyabr oyida London fond birjasida 700 million AQSh dollari miqdorigacha "O‘zbekneftgaz" yevroobligatsiyalarini chiqarish va joylashtirish tashkillashtiriladi.
Moliya vazirligi va "O‘zbekneftgaz"ning xalqaro obligatsiyalarni chiqarish va joylashtirishdan tushgan mablag‘larni "O‘zbekneftgaz" g‘aznachilik hisobraqamiga o‘tkazish hamda ularni Moliya vazirligi bilan kelishgan holda ishlatish to‘g‘risidagi taklifi ma'qullandi.
"O‘zbekneftgaz" xalqaro obligatsiyalarni chiqarishda barcha qabul qilingan moliyaviy shartlarni o‘z muddatida bajarishi, shuningdek mablag‘larni sarflash yo‘nalishlarini yoritib berishi shart.
"O‘zbekneftgaz"ga, istisno tariqasida, xalqaro obligatsiyalarni chiqarish va joylashtirish doirasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar asosida hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi "Loyihalar va import kontraktlarni kompleks ekspertiza qilish markazi"dan ekspertizadan va ro‘yxatdan o‘tkazmasdan quyidagi kompaniyalar bilan shartnomalarni va ularga qo‘shimcha kelishuvlarni imzolashga ruxsat berildi:
- "Ernst & Young" xalqaro auditorlik tashkiloti bilan "O‘zbekneftgaz" AJning 2021 yil moliyaviy hisobotlarini tashqi auditdan o‘tkazish va auditorlik tashkilotning komfort xatini berish xizmatlarini bajarish bo‘yicha;
- tashkilotchi kompaniyalar yoki ularning affillangan shaxslari bilan xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha;
- ishonchli vakil - BNY Mellon Corporate Trustee Services Limited, to‘lov agenti - The Bank of New York Mellon (London filiali), listing va ro‘yxatga oluvchi agent - The Bank of New York Mellon SA/NV (Dublin filiali) kompaniyalari bilan tegishli protsessual xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha;
- London fond birjasi bilan xalqaro obligatsiyalarni joylashtirish bo‘yicha.
Mavzuga oid
12:25 / 22.05.2026
IPO nima va UzNIF aksiyalarini qanday sotib olish mumkin?
21:22 / 18.05.2026
Saida Mirziyoyeva Londonda nufusli xalqaro moliya tashkilotlari rahbarlari va siyosatchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi
23:09 / 28.04.2026
London markazida dunyodagi eng katta kapsulali arzon mehmonxona ochildi
09:20 / 28.02.2026