O‘zbekiston | 08:22 / 11.11.2021
2589
2 daqiqa o‘qiladi

Maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga soliq solish shartlari o‘zgaradi

Foto: Kun.uz

“Soliq kodeksining 473-moddasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi e'lon qilindi.

Soliq kodeksining 473-moddasi (Maxsus iqtisodiy zonalarning ishtirokchilariga soliq solish shartlari) ikkinchi qism bilan to‘ldirilmoqda.

Maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilari moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan imtiyozlarni qo‘llash davrida, quyidagi shartlar bir vaqtda bajargan taqdirda foyda solig‘i stavkasining 0 foiz miqdorida qo‘llaydilar:

  • kiritilgan investitsiyalar hajmi kamida 3,0 million AQSh dollarini tashkil etganda;
  • tovarlar (xizmatlar)ni eksport qilishdan daromad jami daromad umumiy summasining kamida 50 foizini tashkil etganda.

Qayd etilishicha, loyiha qoidalarining amalga oshirilishi moliyaviy xarajatlarni talab etilmaydi. Shu bilan birgalikda, har yili davlat budjetiga 15-20 mlrd so‘m soliq to‘lovlari kelib tushmasligi xavfi mavjud.

Loyiha ijrosi natijasida maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilari tasarrufida yiliga 15-20 mlrd so‘m iqtisod qilingan mablag‘lar qoladi. Tadbirkorlarda mazkur mablag‘larni yangi korxonalarni tashkil etish, modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlash, mavjud ishlab chiqarishlarni kengaytirishga yo‘naltirish imkoni yaratiladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid