O‘zbekiston | 10:53 / 16.11.2021
5165
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya kompaniyasi Toshkent metrosini rivojlantirish bilan shug‘ullanadi

«Toshkent metropoliteni» davlat unitar korxonasi va Rossiyaning «Transmashxolding» kompaniyasi Toshkent metropolitenini rivojlantirish konsepsiyasi bilan bog‘liq sohada hamkorlik memorandumini imzoladi.

Foto: tmholding.ru

Hujjatni «Toshkent metropoliteni» rahbari Rahmonbek Usmonov va «Transmashxolding» bosh direktori, Rossiya mashinasozlik muhandislari ittifoqi byurosi a'zosi Kirill Lipa imzoladi. Memorandum 2022-2032 yillar davomida amal qiladi.

Memorandum doirasida tomonlar infratuzilma, harakatlanuvchi tarkib, yo‘lovchi tashish bilan bog‘liq sohalarni rivojlantirish bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi.

Foto: tmholding.ru

Tomonlar «Toshkent metropoliteni» infratuzilmasini modernizatsiya qilish va harakat tarkibini yangilash, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda raqamli jarayonni boshqarish tizimini joriy etish, xavfsizlik tizimlarini takomillashtirish yo‘nalishida samaradorlikni oshirish bo‘yicha istiqbolli vazifalarni belgilab oladi. Shuningdek, mikroprotsessorli boshqaruv tizimlarini joriy etish va harakat bo‘yicha dispetcherlik qilish yo‘nalishida hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi. 

Shuningdek, Rossiya tomoni aholining metropoliten xizmatiga bo‘lgan talabini oshirish maqsadida yerusti yo‘lovchi transporti va metropoliten tarmoqlarini integratsiya qilish, metro hududida savdo va reklama xizmatlarini ko‘rsatish tizimini joriy etishda yordam beradi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid