O‘zbekiston | 11:54 / 17.12.2021
15091
1 daqiqa o‘qiladi

Maktab o‘quvchilari uchun qishki ta’til 28 dekabrdan boshlanadi 

O‘zbekistonda maktab o‘quvchilari uchun qishki ta’til 28 dekabrdan boshlanadi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi xabar bermoqda.

Foto: Kun.uz

Qayd etilishicha, maktab o‘quvchilari uchun II chorakning so‘nggi kuni 27 dekabrga to‘g‘ri kelib, 28 dekabr kuni qishki ta’tilning ilk kuni sanaladi.

«Ta’til 14 kalendar kun, ya’ni 2022 yil 10 yanvargacha davom etadi», deyiladi ma’lumotda. 

Vazirlik xabarida aytilishicha, maktablarda III chorak 2022 yil 11 yanvardan boshlanadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid