Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pekin-2022. Komiljon To‘xtayev gigant slalomda 29-o‘rinni egalladi
Komiljon To‘xtayev gigant slalom yo‘nalishida ishtirokini yakunladi. Ikkinchi startda u 29-pog‘onani egalladi va Top-30 ga kirdi. Bu Osiyo vakillari orasida eng yaxshi natija bo‘ldi.
Pekinda 2022 yilgi qishki Olimpiya o‘yinlarida qatnashayotgan o‘zbekistonlik sportchi Komiljon To‘xtayev gigant slalom yo‘nalishidagi ishtirokini tugatdi.
Birinchi startda 24 yoshli sportchi 59 sportchi orasida 35-natijani qayd etgan, jami 89 sportchi bo‘lgan, ammo 2 kishi startga chiqmagan, 33 kishi finalga yetib kela olmagan.
Ikkinchi urinish yakunlariga ko‘ra, Komiljon To‘xtayev finishga yetib kelgan 46 sportchi orasida 29-o‘rinni egallagan (2:27.49).
Ushbu bosqichda g‘alaba shveysariyalik Marko Odermattga nasib etdi. Kumush medalga sloveniyalik Jan Kranets egalik qilgan bo‘lsa, kuchli uchlikka fransiyalik Matyo Fevr yakun yasab berdi.
Tog‘ chang‘isi. Gigant slalom
Erkaklar:
1. Marko Odermatt — 2:09,35(Shveytsariya);
2. Jan Kranets — +0,19 (Sloveniya);
3. Matyo Fevr — +1,34 (Fransiya)
29. Komiljon To‘xtayev — +18,14 (O‘zbekiston)
Endi O‘zbekiston vakili 16 fevral kuni slalom dasturida o‘z omadini sinab ko‘radi.
Ma’lumot uchun, To‘xtayev Pekindagi olimpiya o‘yinlariga O‘zbekiston nomidan borgan yagona sportchi hisoblanadi.