Sport | 01:40 / 13.03.2022
25034
2 daqiqa o‘qiladi

«MYu» Ronalduning het-trigi evaziga «Tottenhem»ni mag‘lub etib, 4-o‘ringa ko‘tarildi

Ronaldu rasmiy o‘yinlardagi gollar soni bo‘yicha jahon rekordini yangiladi.

Foto: Manchester Yunayted

Angliya chempionatining 29-turidan o‘rin olgan markaziy bahsda «Manchester Yunayted» o‘z maydonida «Tottenhem»ni qabul qilib, gollarga boy quvlashmachoqda Ronalduning het-trigi evaziga muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritdi. 

«MYu» ochkolarini 50taga yetkazib, 4-o‘ringa chiqib oldi, ammo 5-pog‘onadagi «Arsenal» zaxirasida 4ta bahs bor. 2ta o‘yin kam o‘tkazgan «Tottenhem» 45 ochko bilan 7-o‘rinda qoldi. 

Ronaldu faoliyatidagi to‘plarini 807taga yetkazib, rasmiy o‘yinlardagi gollar soni bo‘yicha avstriyalik Yozef Bisanga (805) qarashli jahon rekordini yangiladi. Krishtianu faoliyati davomida «Sporting», «Real» va «Yuventus» klublarida ham o‘ynagan.

APL. 29-tur
Manchester Yunayted — Tottenhem 3:2

12 mart, «Old Trafford»
Gollar: Ronaldu (12, 38, 81) — Keyn (35, penalti), Maguayr (72, avtogol).
Manchester Yunayted — De Xea, Dalot, Maguayr, Varan, Telles, Matich (Kavani, 80), Fred, Pogba, Sancho, Reshford (Elanga, 68), Ronaldu (Lindelyof, 83).
Tottenhem — Loris, Doerti, Dayyer, Romero, Devis (Bergveyn, 87), Regilon, Hyoyberg, Bentankur (Uinks, 87), Kulusevski (Moura, 78), Keyn, Son.
Ogohlantirishlar: Dayyer (30), Fred (35), Pogba (85).

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid