Imron Xon tarafdorlari Islomobod, Karachi, Lohur, Peshovar, Mo‘lton va boshqa qator shaharlarda namoyishlarga chiqdi.
Pokistonning qator shaharlarida parlamentning ishonchsizlik votumi asosida bosh vazir lavozimidan chetlashtirilgan Imron Xonni qo‘llab-quvvatlab namoyishlar o‘tkazildi.
Yakshanba kuni Pokiston parlamenti bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik bildirgandi.
Islomobod, Karachi, Lohur, Peshovar, Mo‘lton va boshqa qator shaharlarda Imron Xon tarafdorlari namoyishlarga chiqdi.
Namoyishchilar Xonni qo‘llab-quvvatlovchi shiorlarni aytdi va bosh vazirning lavozimidan ketishini ma’qullagan partiyalarga nisbatan norozilik bildirdi.
Imron Xonning o‘zi Twitter sahifasida tarafdorlariga minnatdorlik bildirdi va mamlakatdagi siyosiy inqirozda AQShni aybladi.
Xon Pokiston tarixida parlament ishonchsizlik bildirishi ortidan hokimiyatdan chetlatilgan ilk bosh vazir bo‘ldi.