Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shirin shahri va Bekobod tumanini bog‘lovchi muhim ko‘prik vaqtinchalik yopiladi
Shirin shahridan Bekobod tumaniga boruvchi fuqarolar vaqtincha «Do‘stlik» irrigatsiya tarmog‘iga qarashli ko‘prikdan o‘tib qaytib turishadi.
Sirdaryo viloyati hokimligi axborot xizmatining xabar berishicha, Vazirlar Mahkamasining «Farhod» gidroelektrstansiyasini modernizatsiya qilish to‘g‘risida»gi qaroriga asosan mazkur GESni modernizatsiya va qayta texnik jihozlash ishlari amalga oshirilgan.
Ushbu modernizatsiya ishlarini sifatli hamda o‘z vaqtida bajarish maqsadida joriy yil11 may soat 8:00 dan 15 may soat 17:00 ga qadar GES hududida joylashgan Shirin-Bekobod yo‘nalishidagi ko‘prik vaqtincha yopiladi.
Sirdaryo viloyati hokimligi axborot xizmatining Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, Shirin shahridan Bekobod tumaniga boruvchi fuqarolar shahar yaqinida joylashgan «Do‘stlik» irrigatsiya tarmog‘iga qarashli boshqa bir ko‘prikdan vaqtincha foydalanib turishadi.
«Vaqtincha yopilgan ko‘prik bilan «Do‘stlik» irrigatsiya tarmog‘iga qarashli ko‘prikning orasi uncha uzoq emas. Vaqtincha yopilgan ko‘prik orqali borilganda Shirin shahridan Bekobod shahrigacha 14-15 kilometr yo‘l yuriladi. «Do‘stlik» irrigatsiya tarmog‘iga qarashli ko‘prik bilan borilganda masofa 19-20 kilometrni tashkil etadi», deydi viloyat hokimligi axborot xizmati.
Mavzuga oid
10:06 / 01.03.2026
Toshkent viloyatida suvga oqizib yuborilgan jasad 80 kunda topildi
13:56 / 29.12.2025
O‘zbekistonda yana bir ayol hokim paydo bo‘ldi
15:59 / 15.12.2025
Bekobodda IIB xodimi mashinada odam urib o‘ldirdi. U jasadni Sirdaryoga oqizib yuborgani aytilmoqda
15:26 / 15.11.2025