Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
108ta madaniy meros obektida 146ta noqonuniy qurilma aniqlandi
O‘tkazilgan nazorat tadbirlarida respublika bo‘yicha jami 108ta madaniy meros obektida 146ta noqonuniy qurilma qurilganligi aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar bermoqda.
Tadbirlar natijasi bo‘yicha madaniy meros obektlari hududida qurilgan 7ta noqonuniy qurilma buzdirilgan.
Jumladan, Surxondaryoda “Zartepa” (I-V asrlar), “Karvontushdi” (I-VI), “Ismoiltepa” (I-VIII) va “Manguzartepa” (I-IV), Qashqadaryoda “To‘rtko‘ltepa” (I-VI) arxeologiya obekti, Xorazmda “Qibla tozabog‘” (XIX) arxitektura yodgorligi hududidagi noqonuniy qurilmalar buzdirildi.
Qayd etilishicha, 71ta obektda qurilgan 76ta noqonuniy qurilmani buzdirish yuzasidan mutasaddi idoralar tomonidan yozma ko‘rsatmalar berilgan.
Bundan tashqari, 44ta madaniy meros obektidagi 63ta noqonuniy qurilmalarni buzdirish yuzasidan sudlarga da’vo arizalari kiritilgan.
Xususan, Termiz tumanida joylashgan “Manguzartepa” arxeologiya yodgorligi (I-IV asr) ustiga uyali aloqa operatori tomonidan noqonuniy o‘rnatilgan antenna qurilmalarini buzdirish bo‘yicha sudga da’vo arizasi kiritildi.
Ta’kidlanishicha, noqonuniy qurilma qurgan 26 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi.
Mavzuga oid
10:18 / 11.03.2026
Poytaxtda turizm va madaniyat yo‘nalishiga yangi rahbar tayinlandi
12:22 / 22.01.2026
Urgutdagi bino buzilishiga Madaniy meros boshqarmasi va hokimlik izoh berdi
13:00 / 11.12.2025
Qoraqalpoq o‘tovi YuNeSKO nomoddiy madaniy merosining Reprezentativ ro‘yxatiga kiritildi
16:13 / 05.12.2025