Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Azovstal" kombinatidagi yarador harbiylarni olib chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi
Ma’lumot berilishicha, ukrainalik yarador harbiylar Novoazovsk shahridagi shifoxonaga olib borilmoqda.
Mariupol shahridagi "Azovstal" metallurgiya kombinati hududidagi yaradorlarni olib chiqish uchun tinchlik rejimi e’lon qilindi. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligi xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, ukrainalik harbiylar bilan o‘tkazilgan muzokaralar natijasida bu borada kelishuvga erishilgan.
“Hozirda "Azovstal" hududida tinchlik rejimi joriy etilgan va gumanitar yo‘lak ochilgan”, deyiladi xabarda.
Ma’lumot berilishicha, ukrainalik yarador harbiylar Novoazovsk shahridagi shifoxonaga olib borilmoqda.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 21 aprel kuni Sergey Shoygu bilan Kremlda uchrashgan va “Azovstal” hududida harbiy harakatlarni to‘xtatishga buyruq bergandi.
7 may kuni Ukraina bosh vaziri o‘rinbosari Irina Vereshchuk “Azovstal” korxonasi hududidagi tinch aholi olib chiqilganini ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, kombinat hududida 600 nafarga yaqin yaralangan harbiylar bor.
Mavzuga oid
07:59 / 09.07.2023
«Azov» komandirlari Turkiyadan Ukrainaga qaytarildi, Rossiya norozilik bildirdi
22:25 / 23.09.2022
«Azovstal» himoyachilari ozod qilindi. Rossiyada ular tribunalga tortilishini kutishgandi
17:57 / 23.09.2022
OAV: Roman Abramovich «Azov» komandirlari va xorijliklar asirlikdan qaytarilishida «muhim rol» o‘ynadi
15:29 / 22.09.2022