Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Abramovichni Rossiyaga qarshi sanksiyalarni buzganlikda aybladi
Roman Abramovich AQShda ikkita samolyotni litsenziyasiz olib chiqib ketganlikda ayblanmoqda, deb xabar berdi Reuters agentligi.
AQSh rasmiylari rossiyalik tadbirkor Roman Abramovichni Amerikada ishlab chiqarilgan ikkita samolyotni litsenziyasiz olib chiqib ketganlikda ayblamoqda. Bu haqda 6 iyun, dushanba kuni Reuters xabar berdi. Uning ma’lumotlariga ko‘ra, litsenziya AQShning Moskvaga Ukrainadagi keng ko‘lamli harbiy harakatlariga javoban joriy qilgan sanksiyalari munosabati bilan talab qilingan.
AQSh Savdo vazirligining ayblov xulosasida ta’kidlashicha, Abramovich fevral oyida o‘z farzandlarini Boeing 787 Dreamliner va Gulfstream G650 ER samolyotlariga egalik qiluvchi qator «soxta tashkilotlar»ning benefitsiarlari deb ko‘rsatgan, biroq aslida ularni o‘zi tasarruf etishda davom etgan.
Sud hujjatlariga ko‘ra, Manxettendagi federal prokurorlar endi samolyotlarni musodara qilmoqchi. Manxetten prokurori Damian Uilyamsning idorasi tomonidan e’lon qilingan hujjatlarga qaraganda, sudya Sara Keyv Boeing 787 Dreamliner va Gulfstream G650ER samolyotlarini xatlovga olish uchun orderni imzoladi.
Boeing mart oyidan buyon Dubayda, Gulfstream Moskvada turibdi, deb xabar berdi Bloomberg Federal qidiruv byurosiga tayanib.
Abramovichga hech qachon AQSh tomonidan shaxsan sanksiya qo‘llanilmagan. U hozircha OAV xabarlariga izoh bermadi.
Vashington Rossiya prezidenti Vladimir Putinga yaqin ishbilarmonlarga Kremlni Ukrainadagi urushni tugatishga ko‘ndirish maqsadida bosim o‘tkazyapti, deb yozadi Reuters.
Avvalroq, 3 iyun kuni rossiyalik milliarder g‘arb sanksiyalari munosabati bilan Britaniyaning Truphone telekommunikatsiya kompaniyasini nemis tadbirkori Xoqon Koch va uning biznes sherigi Pirros Kussiosga bir funt sterlingga ramziy narxda sotgani ma’lum bo‘lgandi. Bungacha, 6 may kuni rossiyalik tadbirkor «Chelsi» futbol klubini amerikalik milliarder Todd Bouli boshchiligidagi konsorsiumga sotish bo‘yicha shartnoma imzolagan.
Mavzuga oid
09:13
«Bibi, ehtiyot bo‘l, aks holda mutlaqo yolg‘iz qolasan» – Trampning chaqiriqlardan keyin Isroil va Eron to‘xtadi
08:45
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
22:09 / 08.06.2026
«Gazprom» O‘zbekistonga eksportni 15 foizga oshirganini ma’lum qildi
20:34 / 08.06.2026