Jamiyat | 23:43 / 23.06.2022
21514
2 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryoda 4 yoshli bola noma’lum kasallikdan vafot etdi

Hozirda uning 6 yoshli opasi ham og‘ir ahvolda jonlantirish bo‘limida ekani va shifokorlar uning dardiga ham aniq tashxis qo‘ya olmayotgani aytilmoqda.

Foto: Getty Images

Ijtimoiy tarmoqlarda 2022 yil 20 iyun kuni Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida yashovchi 4 yoshli bola noma’lum kasallikdan vafot etgani aytilgan xabarlar tarqaldi.

Unga ko‘ra, shifokorlar ahvoli og‘ir bo‘lgan bolani bir necha kun davomida tekshirib u qanday dardga chalinganini aniqlay olmagan. Shuningdek, Samarqand shahridan yordamga chaqirilgan shifokorlar ham bolaga aniq tashxis qo‘ya olmagan.

Holat yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligi munosabat bildirdi. Unga ko‘ra, vazirlik tomonidan malakali professor-shifokorlardan iborat maxsus tibbiy brigada tuzilib, zudlik bilan G‘uzor tumaniga yuborilgan.

«Mazkur holatni o‘rganish va vaziyatga aniqlik kiritish maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan malakali professor-shifokorlardan iborat maxsus tibbiy brigada tuzilib, zudlik bilan G‘uzor tumaniga yuborildi. Sog‘liqni saqlash vazirligi bu holatni o‘z nazoratiga olgan. O‘rganish natijalari haqida batafsil ma’lumot beriladi», deyiladi SCV munosabatida.

Ғайрат Йўлдошев
Tayyorlagan Ғайрат Йўлдошев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid