Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada DW va «Amerika ovozi» saytlari bloklandi
Turkiya radio va televideniye oliy kengashi xorijiy onlayn OAVdan onlayn internetda ishlash uchun litsenziya olishni talab qilmoqda. DW bu harakat Anqaraga tahririyat kontentini senzura qilishga imkon beradi, deb hisoblaydi.
30 iyun, payshanba oqshomida Turkiyada Deutsche Welle mediakompaniyasining sayti bloklandi. Tegishli qaror Anqara sudi tomonidan qabul qilindi, deya izoh berdi Turkiya radio va televideniye oliy kengashi (RTÜK) boshqaruvi vakili. Gap barcha 32 translatsiya tilidagi veb-sahifalar haqida ketmoqda, deyiladi DW xabarida.
Mediakompaniya turk tomonining pozitsiyasiga sud orqali e’tiroz bildirmoqchi. DW’dan tashqari, bloklash «Amerika ovozi» radiostansiyasiga ham ta’sir ko‘rsatdi.
Bir necha oy oldin RTÜK xorijiy teleradiokompaniyalardan internetda efirga chiqish litsenziyasi uchun ariza topshirishni talab qildi. DW nashriga ko‘ra, bunday harakat «Turkiya hukumatiga tahririyat kontentini senzura qilishga imkon beradi» va «mustaqil media uchun qabul qilib bo‘lmas holat». DW bosh direktori Peter Limburgning aytishicha, kompaniya pozitsiyasi turk mediaregulyatori rais bilan «keng ko‘lamli yozishmalarda va hattoki shaxsiy suhbatda» bayon etilgan.
Fevral oyida Deutsche Welle va «Amerika ovozi» Turkiyada litsenziya olish uchun ariza topshirmasliklarini ma’lum qilgan edi. Turkiya tomonining talabi 2019 yilda kuchga kirgan huquqiy normaga asoslanadi. Xuddi shu yili DW Turkiya qonunchiligiga muvofiq mamlakatda o‘z vakolatxonasini ochdi.
Ayni paytda, Germaniya jurnalistlar uyushmasi (DJV) turk tomonini Deutsche Welle’ga qarshi choralarni zudlik bilan bekor qilishga chaqirdi. «DW taqiqini Erdo‘g‘an avtokratiyasining o‘zboshimchaligidan boshqa hech narsa bilan izohlab bo‘lmaydi», dedi DJV rahbari Frank Iberal. Turkiya xalqiga yana bir bor mustaqil jurnalistikadan foydalanish imkoniyati berilishi kerak, dedi Iberal.
Turkiya so‘nggi yillarda ommaviy axborot vositalari ustidan nazoratni kuchaytirdi. RTÜK litsenziyaga ega OAVdan idora nomaqbul deb hisoblagan onlayn kontentni olib tashlashni talab qilish huquqiga ega. Hozirda mamlakatdagi asosiy OAVning qariyb 90 foizi davlatga tegishli, deya ta’kidlaydi Reuters.
Mavzuga oid
22:23 / 08.06.2026
Harbiy tibbiyot sohasida Turkiya bilan hamkorlik rivojlantiriladi
13:14 / 07.06.2026
Olti yildan buyon qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Turkiyada ushlandi
16:20 / 26.05.2026
O‘lim to‘shagida ochilgan sir: turk tadbirkorining Shveytsariya bankiga qarshi moliyaviy urushi
13:52 / 26.05.2026