Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Ispaniyadan tezyurar elektropoyezdlar sotib olishni rejalashtirmoqda
Madrid shahrida 4 ta tezyurar elektropoyezd sotib olish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi.
O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ delegatsiyasining Ispaniya Sanoat, savdo va turizm vazirligida uchrashuvi tashkil etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Uchrashuvdan maqsad FIEM korxonalarni internatsionalizatsiya qilish jamg‘armasidan 4 ta Talgo-250 tezyurar elektropoyezdini xarid qilish uchun imtiyozli kreditlar ajratish masalasini muhokama qilishdan iborat bo‘ldi.
Uchrashuvda Ispaniya vakillariga «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ faoliyati va O‘zbekistonda temiryo‘l qurilishi sohasida amalga oshirilayotgan loyihalar taqdim etildi. Shu kungacha Ispaniyaning Patentes Talgo SLU kompaniyasida ishlab chiqarilgan 6 ta tezyurar elektropoyezd «O‘zbekiston temir yo‘llari» tomonidan xarid qilingani ta’kidlandi. Oxirgi partiya 2021 yilda olib kelingan. Loyihalarni moliyalashtirish uchun Korxonalarni internatsionalizatsiya qilish jamg‘armasidan 30 yil muddatga 10 yillik imtiyozli davr bilan kredit jalb etilgan.
Ispaniya tomoniga «Buxoro-Urganch-Xiva» temiryo‘l liniyasini elektrlashtirish loyihasi amalga oshirilishi haqida batafsil ma’lumot berildi. Mazkur tezyurar liniya foydalanishga topshirilgandan so‘ng qo‘shimcha 4 ta elektropoyezd sotib olish nazarda tutilmoqda.
Tomonlar loyihani moliyalashtirish uchun FIEM jamg‘armasining imtiyozli krediti hisobidan Talgo-250 poyezdlarini xarid qilishni tashkil etish imkoniyatlarini muhokama qildi.
Muzokara yakunlari bo‘yicha tomonlar ushbu masala bo‘yicha ekspertlar darajasida ishlashni davom ettirishga kelishib oldi.
Mavzuga oid
16:14 / 04.06.2026
Elektropoyezd chiptasini Toshkent jamoat transporti bilan bog‘lovchi tariflar joriy etiladi
18:26 / 03.06.2026
Yil oxirigacha Buxoro-Urganch-Xiva yo‘nalishida zamonaviy elektropoyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi – transport vaziri
20:20 / 01.05.2026
O‘zbekiston Chexiyadan 10 ta elektropoyezd sotib oladi
18:50 / 30.04.2026