O‘zbekiston | 10:07 / 22.07.2022
3062
1 daqiqa o‘qiladi

6 oyda o‘zbekistonliklar turistik maqsadda eng ko‘p Qirg‘izistonga chiqib ketgan

6 oyda o‘zbekistonliklar turistik maqsadlarda eng ko‘p qaysi davlatlarga chiqqani ma’lum qilindi. Davlat statistika qo‘mitasi tegishli xabar bilan chiqdi.

Foto: Kun.uz

Qo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, 2022 yilning 1 iyul holatiga 2,1 mln O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari turistik maqsadlarda xorijga safar qilgan.

O‘zbekistonliklar turistik maqsadlarda eng ko‘p safar qiladigan davlatlar orasida Qirg‘iziston yetakchilik qilyapti – 1 mln nafar.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:

  • Qozog‘iston – 336 ming nafar; 
  • Tojikiston – 284 ming nafar;
  • Turkiya – 131 ming nafar;
  • Rossiya – 105 ming nafar;
  • BAA – 58 ming nafar;
  • Saudiya Arabistoni – 50 ming nafar;
  • Misr – 21 ming nafar;
  • Janubiy Koreya – 6 ming nafar;
  • AQSh – 6 ming nafar;
  • Kuvayt – 5 ming nafar;
  • Hindiston – 5 ming nafar.
Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid