Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
25 iyul kuni janubiy hududlarda harorat 47 daraja issiqligicha qoladi
Respublikaning barcha viloyatlarida havo harorati 40 darajadan yuqoriligicha qoladi.
«O‘zgidromet» 25 iyul, dushanba kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 25-27 daraja, kunduzi 41-43 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s.gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 27-32 daraja, kunduzi 40-45 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s.gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 27-32 daraja, kunduzi 40-45 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 24-29 daraja, kunduzi 40-45 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo v Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s.gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 25-30 daraja, kunduzi 40-45 daraja, ba’zi joylarda 47 darajagacha bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 21-26 daraja, kunduzi 38-43 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s.gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 32-37 daraja bo‘ladi.