O‘zbekiston | 07:48 / 25.07.2022
8511
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoydan olib kelingan telefonlar soni 1 mln donadan oshib ketdi

O‘zbekistonga 6 oyda 1,3 mln dona telefon import qilingan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar bermoqda.

Foto: Jason Lee / Reuters

Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonga 2022 yilning yanvar-iyun oylarida xorijdan qiymati 94,2 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 1 330 910 dona mobil telefon import qilingan.

Telefon importi 2021 yilning mos davri bilan solishtirilganda 294 508 donaga oshgan. O‘zbekiston 10 ta davlatdan telefon import qilgan. 
 
O‘zbekiston 6 oy mobaynida mobil telefonlarni eng ko‘p import qilgan davlatlar:

  • Xitoy – 1 mln dona;
  • Vetnam – 137 149 dona;
  • BAA – 94 565 dona;
  • Hindiston – 90 679 dona;
  • Qozog‘iston – 4 109 dona;
  • Koreya – 1 914 dona.

Oylar kesimida telefon importi:

  • yanvar – 129 766 dona;
  • fevral – 284 461 dona;
  • mart – 286 056 dona;
  • aprel – 276 362 dona;
  • may – 124 393 dona;
  • iyun – 229 872 dona.
Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid