O‘zbekiston | 11:02 / 26.07.2022
2005
3 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashda shaffoflikni oshiradi

FAO O‘zbekistonning iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish bo‘yicha salohiyatini oshiradi.

Foto: O‘zgidromet

25 iyul kuni BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO)ning submintaqaviy koordinatori Viorel Gusuning O‘zbekistonga tashrifi doirasida Gidrometeorologiya xizmati markazida qo‘shma loyiha hujjatini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi

FAOning yangi loyihasini amalga oshirish mamlakatning iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro sa’y-harakatlarga yanada ko‘proq hissa qo‘shish imkonini beradi.

Mazkur loyiha «O‘zbekistonda iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish bo‘yicha milliy harakatlarni va ko‘rsatilayotgan texnik yordamni kuzatish bo‘yicha integratsiyalashgan va kengaytirilgan shaffoflik tizimini yaratish bo‘yicha salohiyatni oshirish» deb nomlanadi va u Global ekologik jamg‘arma (GEJ) tomonidan moliyalashtiriladi. Gidrometeorologiya xizmati markazi ijrochi agentlik hisoblanadi.

Loyiha O‘zbekistonning iqlim o‘zgarishi tahdidlariga global javob choralarini kuchaytirishga qaratilgan Parij kelishuvi doirasida yangi kengaytirilgan shaffoflik asosiga o‘tishga tayyorgarlik ko‘rishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida ishlab chiqilgan. BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha doiraviy konvensiyasi bo‘yicha tuzilgan ushbu kelishuv atmosferadagi karbonat angidridni kamaytirish choralarini tartibga soladi.

O‘zbekiston hukumati 2017 yil 19 aprelda rasman Parij kelishuvini imzolagan va 2018 yilning noyabrida uni ratifikatsiya qilgan. Hujjatni imzolash orqali O‘zbekiston boshqa davlatlar qatorida global havo harorati o‘rtacha ko‘tarilishini selsiy bo‘yicha 2 darajadan sezilarli darajada past ushlab turish majburiyatini olgan. 

O‘zbekistonning milliy miqyosda belgilangan hissasi 2030 yilga borib yalpi ichki mahsulot birligiga to‘g‘ri keladigan issiqxona gazlari emissiyasini 2010 yil darajasiga nisbatan 35 foizga qisqartirish, iqlim o‘zgarishi salbiy ta’sirini kamaytirish va moslashuvchan salohiyatni oshirish bo‘yicha sa’y-harakatlarni davom ettirish bo‘yicha vazifalarni belgilab beradi. FAO qayd etilgan loyihasini amalga oshirish doirasida O‘zbekistonda monitoring, hisobot berish va tekshirish tizimi ishlab chiqiladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid