Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Samarqandda konsulxona ochadi
Rossiyaning Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasi yo‘nalishlaridagi elchixonalari xodimlari sonini keskin oshirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda, dedi TIV konsullik departamenti direktori Ivan Volinkin.
Rossiya Oqtau, Grodno, Kankun va Samarqandda konsullik idoralarini ochadi. Bu haqda TASS agentligiga bergan intervyusida Rossiya TIV konsullik departamenti direktori Ivan Volinkin ma’lum qildi.
«Konsullik departamenti liniyasi orqali yangi bosh konsulxonalar, jumladan, Rossiya fuqarolarining sayyohlik oqimi oshgan hududlarda ochish orqali ham konsullik faoliyatini kengaytirish masalalari faol ishlab chiqilmoqda», dedi u.
Qayd etilishicha, Oqtau (Qozog‘iston), Grodno (Belarus), Kankun (Meksika) va Samarqand (O‘zbekiston) shaharlarida Rossiya konsulxona idoralarini ochish rejalashtirilgan.
Volinkinning ta’kidlashicha, hozirda «Rossiyaning Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasi va eng muhimi, MDHdagi elchixonalari xodimlari sonini tubdan oshirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda».
«Bu ish yanada ilg‘or bosqichda bo‘lgan davlatlar qatorida 2021 yilda tegishli hukumatlararo bitim tuzilgan Maldiv Respublikasini ham tilga olishimiz mumkin», — deya qo‘shimcha qildi u.
Mavzuga oid
08:45
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
22:09 / 08.06.2026
«Gazprom» O‘zbekistonga eksportni 15 foizga oshirganini ma’lum qildi
20:34 / 08.06.2026
Xominaiy o‘ldirilgach, Rossiyada Putinni qo‘riqlash uchun yaratilgan kuzatuv tizimi o‘chirib qo‘yildi
18:06 / 08.06.2026