Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fuqarolik kodeksiga mulk huquqiga oid o‘zgartishlar kiritiladi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tmoqda.
Majlisda “Fuqarolik kodeksiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda moddama-modda ko‘rib chiqildi.
Taklif etilayotgan qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining bir guruh deputatlari tomonidan qonunchilik tashabbusi huquqi asosida ishlab chiqilgan.
Hujjatga asosan kiritilayotgan o‘zgartishda mulk huquqi bilan bog‘liq munosabatlar maxsus qonun bilan tartibga solinayotganini inobatga olib, Fuqarolik kodeksi tegishli moddalaridagi “qonun hujjatlari” degan so‘zlar “qonun” degan so‘z bilan almashtirilmoqda.
Deputatlar aytishicha, qonun loyihasi qabul qilinishi orqali Fuqarolik kodeksida nazarda tutilgan qoidalar turlicha talqin qilinishining oldi olinadi. Mulkka bo‘lgan huquqlarni bekor qilish va mulkka doir munosabatlar tartibga solinishiga erishiladi.
Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi.
Mavzuga oid
18:00 / 25.05.2026
Renovatsiya: mulkdor nima talab qila oladi, nima esa majburiy emas?
15:54 / 07.02.2025
Finlandiya rossiyaliklarga ko‘chmas mulk bilan bog‘liq kelishuvlarni taqiqlashga qaror qildi
07:50 / 24.10.2024
Davlat mulki obektlarini “nol” xarid qiymati bo‘yicha realizatsiya qilish tartibi bekor etilyapti
10:20 / 19.10.2024