Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda 22 yoshli yigitni do‘pposlab o‘ldirishdi
Chiroqchi tumanida ikki kishi yigitni do‘pposlab, unga og‘ir tan jarohati yetkazgan. Oqibatda yigit tuman kasalxonasida vafot etgan.
Qashqadaryo viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 12 avgust kuni soat 1:30 larda Chiroqchi tumani “Galabek” MFYda yashovchi H.O. qo‘shni qishloqqa borganida fuqarolar A.M. va Q.M. bilan janjallashib qolgan. Janjal davomida fuqarolar A.M. va Q.M. 22 yoshli H.O. ni urib, unga og‘ir tan jarohatlari yetkazgan.
Oqibatda, jabrlanuvchi H.O. Chiroqchi tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli shifoxonasiga yotqizilgan. Shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay yigit olgan tan jarohatlari sababli vafot etgan.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan 2022 yil 12 avgust kuni Chiroqchi tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Fuqarolar A.M. va Q.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi bilan ayblov e’lon qilinib, ular Jinoyat prosesual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.
Avvalroq, 23 yoshli yigitning jasadi Qarshi magistral kanalidan topilgan. Marhumning yaqinlari yigit bir guruh shaxslar tomonidan do‘pposlanib, kanalga tashlab yuborilganini aytgandi.
Mavzuga oid
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
08:29 / 26.05.2026
Qashqadaryoda IIB xodimi pora bilan ushlandi
19:41 / 20.05.2026
Qashqadaryoda 25 yoshli yigit sel oqizib ketishi oqibatida halok bo‘ldi
11:45 / 18.05.2026