Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda hokim o‘rinbosari mushtlashuvda ishtirok etdi
Ijtimoiy tarmoqlarda Yakkabog‘ tumani hokimi o‘rinbosari mahalliy aholi vakili bilan kelib chiqqan mojaroda ishtirok etgani tasvirlangan video tarqaldi.
Qashqadaryo viloyati IIB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, hodisa 10 avgust kuni soat 23:00 lar atrofida Yakkabog‘ tumanidagi Istiqlol dehqon bozori yaqinida sodir bo‘lgan.
Huquq-tartibot idoralariga ko‘ra, o‘sha kuni Yakkabog‘ tumani hokimining qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bozor atrofidagi obektlarni ko‘zdan kechirayotgan bo‘lgan. Bu vaqtda unga erkak kishi yaqinlashgan va ular o‘rtasida mojaro kelib chiqqan. Mojaroga nima sabab bo‘lgani keltirilmagan.
Kun.uz manbasining aytishicha, hokim o‘rinbosari bilan janjal qilgan erkak mast holatda bo‘lgan.
Natijada, ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ikki nafar mojaro ishtirokchisiga nisbatan bayonnomalar rasmiylashtirilib, ish tuman sudiga yuborilgan.
Mavzuga oid
22:20 / 30.09.2025
Tuman va shahar hokimi o‘rinbosarlari soni qisqartirilishi mumkin
18:17 / 19.06.2025
Prezident Yakkabog‘dagi «Yangi O‘zbekiston» massivini ko‘zdan kechirdi
09:28 / 24.04.2024
Koreya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari O‘zbekistonda ilmiy daraja oldi
17:22 / 08.04.2024