Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryo viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Viloyat hokimining Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha va qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasidan ozod etilib, ularning o‘rniga yangi o‘rinbosarlar tayinlangan.
Qashqadaryo viloyati hokimligi axborot xizmati rahbarining xabar berishicha, bugun, 2022 yil 17 oktyabr kuni o‘tkazilgan hokimlik soatida viloyat hokimining ikki nafar o‘rinbosari lavozimidan ozod qilinib, ularning o‘rniga yangi o‘rinbosarlar tayinlangan.
Qashqadaryo viloyati hokimining Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Rustam Yo‘ldoshev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan vazifasidan ozod etilgan. Uning o‘rniga Anvar Qobilov tayinlangan.
Anvar Qobilov 1979 yil tug‘ilgan. 2001 yil Toshkent avtomobil yo‘llar instituti, 2003 yil esa mazkur oliygohning magistratura bosqichini hamda 2010 yil Xitoyning Jongnan iqtisodiyot va huquq universitetini, shuningdek, 2014 yil prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.
U tayinlovga qadar prezident Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi viloyat filiali mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Shuningdek, Qashqadaryo viloyati hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Akbar Eshonqulov ham boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan o‘z vazifasidan ozod etilgan. Uning o‘rniga Murodulla Azizov viloyat hokimi o‘rinbosari etib tayinlangan.
Murodullo Azizov 1971 yil tug‘ilgan. 1993 yil Toshkent moliya institutini tamomlagan. U tayinlovga qadar «O‘zbekneftgaz» aksiyadorlik jamiyati tijorat departamenti boshlig‘i o‘rinbosari — marketing bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Bundan tashqari, fuqarolar murojaatlari bilan ishlashdagi kamchiliklari uchun Chiroqchi tumani hokimiga «hayfsan» e’lon qilindi. Shu bilan birga, turizm sohasidagi kamchiliklari uchun viloyat hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosariga ham «hayfsan» berildi.
Mavzuga oid
17:18 / 08.06.2026
Qashqadaryodagi portlashda 6 kishi halok bo‘lgan
15:27 / 08.06.2026
Qashqadaryoda gaz quyish shoxobchasida portlash ro‘y berdi
10:33 / 25.05.2026
Qashqadaryoda ikkita Nexia va yuk mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
15:09 / 24.05.2026