O‘zbekiston | 08:35 / 23.10.2022
10444
1 daqiqa o‘qiladi

Qarshi shahridagi xonadonlarning biri yonib ketdi

Foto: Qashqadaryo viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi

22 oktyabr kuni Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi xonadonlarning birida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, soat taxminan 11:50 atrofida Qarshi shahri FV bo‘limiga «Aralovul» MFY Oq oltin ko‘chasida yashovchi fuqaro A.Sh. xonadonida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Xabarga ko‘ra, yong‘in sodir bo‘lgan manzilga 3 ta yong‘in qutqaruv ekipaji jalb qilinib, yong‘in manziliga soat taxminan 12:00 atrofida yetib borib, yong‘in to‘liq soat taxminan 12:30 atrofida bartaraf etilgan. Yong‘indan uyning 60 kvadrat metr maydonda ichki va tom qismi yongan. Hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan.

Hozirda yong‘in sabablari aniqlanmoqda.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid