Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda yo‘lovchi avtobus ag‘darilib ketdi
Avtobus haydovchisi boshqaruvni yo‘qotgan.
Qashqadaryo viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, bugun, 2022 yil 7 noyabr kuni soat 09:45larda 4K-307 Shahrisabz-Miraki avtomobil yo‘lining 1-kilometrida yo‘lovchi avtobus ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Shahrisabz tumani yo‘nalishidan harakatlanib kelayotgan Isuzu haydovchisi N.A. rul boshqaruvini yo‘qotgan va avtobus ag‘darilib ketgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘qligi aytilgan.
Qashqadaryo viloyati Transport boshqarmasi mazkur voqea bo‘yicha quyidagilarni qo‘shimcha qildi.
Davlat raqami 70 N 201 FA bo‘lgan Isuzu avtobusi yuridik jihatdan «Kesh-tur trans» MChJga qarashli bo‘lib, Shahrisabz shahridan Shahrisabz tumanining Qutchi qishlog‘iga doimiy yo‘lovchi tashigan. Ushbu transport vositasining yo‘lovchi tashish huquqini beruvchi litsenziya varaqasi mavjud.
Ma’lum bo‘lishicha, yo‘l-transport hodisasi vaqtida avtobus salonida 10 dan ortiq yo‘lovchi bo‘lgan, ularga jiddiy zarar yetmagan.
Holat bo‘yicha huquq-tartibot organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Avvalroq, Toshkentda avtobus va 2 ta yengil avtomobil to‘qnashgandi. Samarqandda xorijiy sayyohlar o‘tirgan avtobus YTHga uchragan. Hodisa oqibatida avtobus haydovchisining sherigi voqea joyida halok bo‘lgan, Ruminiya fuqarosi tan jarohatlari olgandi.
Mavzuga oid
21:03 / 06.06.2026
Toshkentda avtobus orqaga yurayotgan payti piyodani bosib ketdi
08:39 / 03.06.2026
Toshkentdan Issiqko‘lga mavsumiy avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
22:38 / 23.05.2026
Toshkentdan voha viloyatlariga qo‘shimcha avtobus reyslari yo‘lga qo‘yildi
11:33 / 16.05.2026