O‘zbekiston | 13:25 / 10.11.2022
4400
1 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryoda sodir bo‘lgan YTHda yo‘lovchi halok bo‘ldi

Nexia-2 mashinasi quvib o‘tish qoidasiga rioya qilmagan va qarama-qarshi yo‘nalishdan kelayotgan Matiz mashinasi bilan to‘qnashgan.

Qashqadaryo viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 9 noyabr kuni soat 14:00 larda, 4R-79 Qarshi-Chiroqchi-Shahrisabz avtomobil yo‘lining G‘uzor tumani Zarbdor qishlog‘i xududidan o‘tgan 29-kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi bo‘lgan.

Haydovchi Nexia-2 mashinasi bilan Shahrisabz-Qarshi yo‘nalishida harakatlanib kelib, quvib o‘tish qoidasiga rioya qilmagan va qarama-qarshi yo‘nalishdan kelayotgan Matiz mashinasi bilan to‘qnashgan.

Oqibatda, Nexia-2 mashinasida yo‘lovchi sifatida ketaayotgan fuqaro R.A. og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan. 

Qayd etilishicha, mazkur xolat yuzasidan G‘uzor tuman IIB tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Avvalroq, Qashqadaryoda ikkita Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘lgan va ulardan biri yonib ketgandi.

Ғайрат Йўлдошев
Tayyorlagan Ғайрат Йўлдошев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid