Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda hokim yordamchisi qamoqqa olindi
Hokim yordamchisi davlat dasturlari asosida fuqarolarga ajratilgan kredit mablag‘larini o‘zlashtirganlikda ayblanmoqda.
Qashqadaryo viloyati prokuraturasi matbuot xizmatining xabar berishicha, Dehqonobod tumani “Beshqo‘ton” MFYda hokim yordamchisi bo‘lib ishlagan A.T. bir guruh tadbirkorlik sub’yektlari rahbarlari bilan o‘zaro jinoiy til biriktirib, davlat dasturlari asosida fuqarolarga ajratilgan kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan.
Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167 va 228-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
«Dastlabki tergov davomida A.T.ga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan. Tergov yakuni bo‘yicha batafsil axborot beriladi», deyiladi xabarda.
Xabarda hokim yordamchisi va uning sheriklari qancha mablag‘ o‘zlashtirganiga oydinlik kiritilmagan.
Avvalroq, Jizzaxda hokim yordamchisi 2 000 dollar olayotganda ushlangandi.
Mavzuga oid
09:26 / 01.05.2026
Andijonda yer savdosida gumonlangan hokim yordamchisi va mahalla raisi qo‘lga olindi
08:53 / 03.04.2026
80 mln so‘m talab qilgan bozor rahbari ushlandi
09:48 / 23.03.2026
Qashqadaryoda hokim yordamchisi va yetakchi mutaxassis pora bilan ushlandi
09:05 / 15.03.2026