Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Alisher Usmonov Rossiyada «Yil metsenati» mukofotiga sazovor bo‘ldi
Rossiyalik tadbirkor Russian Creative Awards 2022 sovrinlaridan biriga loyiq deb topildi.
Rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonov Russian Creative Awards 2022 tanlovida «Yil metsenati» mukofotini oldi.
Tadbirning hakamlar hay’ati rossiyalik tadbirkorning mamlakatdagi fan, ta’lim, madaniyat va sport sohalarini rivojlantirishga qo‘shgan hissasini, shuningdek, Rossiya madaniyatini mamlakat tashqarisida targ‘ib qilish va saqlash bo‘yicha sa’y-harakatlarini e’tirof etdi.
Mukofotga taqdimnomada uning 2006 yilda «San’at, fan va sport» xayriya jamg‘armasini tashkil etgani, uning maqsadi ushbu sohalardagi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, Rossiya ijodiy sohalarining xorijdagi obro‘sini mustahkamlash ekani ta’kidlangan.
Nominatsiya bo‘yicha mukofotni topshirgan rejissyor Andrey Konchalovskiy so‘zlariga ko‘ra, Usmonov o‘zining kichik vatani O‘zbekistonda rus tilini doimiy asosda o‘qitilishini tashkil qilgani ham muhim ahamiyatga ega.
Alisher Usmonovning o‘zi tantanali tadbirda ishtirok etmadi. Uning o‘rniga mukofotni «San’at, fan, sport» jamg‘armasi direktori Fotima Muhammadjon qabul qilib oldi.
Russian Creative Awards — Rossiyadagi barcha ijodiy sohalarni birlashtirgan yagona tarmoqlararo mukofotdir. Unda mamlakatdagi ijodiy industriyaning eng yorqin loyihalari va mutaxassislari 10 ta toifa bo‘yicha, jumladan, «Yil odami», «Yil kashfiyoti», «Yil voqeasi», «Yilning ijodiy maydoni», «Raqamli loyiha», «O‘quv loyihasi» va boshqalar bo‘yicha mukofotlanadi.
Mavzuga oid
09:00 / 21.03.2026
Diniy majmualar ochilishi va 100 yilga yetadigan ma’danlar - hafta dayjesti
11:29 / 29.01.2026
Sud: Usmonovning FAZ’ga qarshi da’vosi bo‘yicha qaror hali kuchga kirmagan
15:25 / 06.01.2026
Rossiyaning eng badavlat biznesmenlari 2025 yilda 24 mlrd dollarga boyidi
16:16 / 30.12.2025