Jahon | 23:39 / 06.12.2022
10950
1 daqiqa o‘qiladi

Hindistonda oltin sotadigan birinchi bankomat ishga tushirildi 

Hindistonning Haydarobod shahrida oltin tangalarni kredit yoki debet plastik kartalari orqali xarid qilish mumkin bo‘lgan birinchi bankomat ishga tushirildi. 

Foto: ANI

Bankomat Goldsikka xususiy kompaniyasiga tegishli bo‘lib, u Hindistonda yana 3 mingta shunday mashinalarni ishlab chiqarish va o‘rnatish hamda xalqaro bozorlarni yanada kengaytirishni rejalashtirmoqda. 

Bankomat 5 kg og‘irlikdagi 24 karatli oltin tangalarni sig‘dira oladi. Ularni 0,5 dan 100 grammgacha bo‘lgan hajmda sotib olish mumkin. Oltin narxi real vaqt rejimida bankomat ekranida aks ettirilgan va London fond birjasidagi kotirovkalarga qarab o‘zgarib turadi. 

Bankomat videokamera, ovozli signal va tezkor politsiya chaqiruvi funksiyasi bilan jihozlangan va xakerlik hujumidan himoyalangan. Ishga tushirilgan kuni 20 kishi bankomat xizmatidan foydalangan.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid