18:05 / 06.12.2022
8908

Qutida nima bor? Beeline Uzbekistan abonentlari uchun sovg‘ali va bonusli yangi yil yarmarkasini ochdi

5 dekabr kuni digital-operatorning bayramona Yangi yil yarmarkasi boshlandi. Beeline Uzbekistan mobil ilovasidagi qutilarni ochish orqali sovrin yutib olish yoki noyob taklifga ega bo‘lish mumkin. Shunday qilib, 1 TBlik maxsus internet-to‘plam aksiya ishtirokchisiga bor-yo‘g‘i 150 000 so‘mga taqdim etiladi – 150 GB trafikni o‘z ichiga olgan «oddiy» paketning narxi ham xuddi shunday.

Foto: Beeline Uzbekistan

2023 yil arafasi - yoqimli kutilmagan hodisalar vaqti! Yangi yil yarmarkasi takliflari orasida 2023 MB, daqiqalar yoki SMSlar uchun bonuslar, Beeline TV yoki sport ko‘rsatuvlari uchun promo-kodlar, 60% chegirmali internet-to‘plamlar bor. YouTube videolarini tomosha qilish va PUBG o‘ynash uchun maxsus trafik paketlari ham mavjud. Shuningdek, sovg‘alar orasida Wi-Fi’ni mobil tarmoq orqali ulash uchun bepul Mi-Fi routerlari ham bor.

Aksiyada ishtirok etish uchun nima qilish kerak? Avvalo, smartfoningizda Beeline Uzbekistan mobil ilovasini yuklab olish yoki so‘nggi versiyasiga yangilash kerak. Har kuni ilovada 9 ta quti mavjud bo‘ladi. Siz o‘zingiz uchun bonuslar va sovg‘alarni tanlab, ulardan uchtasini ochishingiz mumkin. Ular shu kuni 23:59 dan oldin faollashtirilgan bo‘lishi kerak. Ertasi kuni ilovada yangi qutilar to‘plami paydo bo‘ladi. Siz ularni yana bosishingiz va sovg‘alarni olishingiz mumkin! Agar abonent Beeline TV’ga bepul obuna bo‘lish uchun promo-kodni olsa, shoshmasa ham bo‘laveradi – bunday kodlarni faollashtirish 31 yanvargacha amal qiladi.

Yangi yil yarmarkasi nafaqat Beeline Uzbekistan mobil ilovasida, balki Beepul to‘lov tizimida ham o‘tkaziladi. Bu yerda abonentlar mashhur o‘yinlar – PUBG, FreeFire, Mobile Legends kalitlari hamda YouTube to‘plamlarida chegirmalarga ega bo‘lishlari mumkin. Va bu hammasi emas! 10 dekabr kuni raqamli operatorning savdo va xizmat ko‘rsatish ofislarida yangi yil yarmarkasi boshlanadi. Maxsus taklifni kuting!

“Biz Beeline raqamli mijozlari uchun chinakam noyob takliflar tayyorladik. Ular uchun 60% chegirmali internet-to‘plamlar, YouTube uchun maxsus paketlar yoki misli ko‘rilmagan hajmdagi 1 TB albatta kutilmagan voqeadir. Sovg‘alar va bonuslar bayramni to‘liq tayyorlikda kutib olishga imkon beradi: barchasiga trafik yetarli bo‘lishini aniq bilgan holda ijtimoiy tarmoqlarda suhbatlashish, onlayn o‘yinlar o‘ynash, filmlar va sport ko‘rsatuvlarini tomosha qilish. Shunchaki qutilarni oching! Aytgancha, buni Yangi yildan keyin ham qilish mumkin: yarmarka 15 yanvargacha davom etadi”, - deya voqeani sharhladi Beeline Uzbekistan’ning tijorat direktori Maksim Yefremov.

Sovrinlar va bonuslarga ega bo‘ling - Beeline Yangi yil yarmarkasi ochiq!

***

Unitel MChJ 2006 yilning 12 sentabridan boshlab Beeline Uzbekistan savdo belgisi ostida xizmatlar ko‘rsatib kelmoqda. Beeline Uzbekistan bosh qarorgohi Amsterdam (Niderlandiya) shahrida joylashgan VEON xalqaro telekommunikatsiya holdingi tarkibiga kiradi.

VEON 7 mamlakatda 200 milliondan ortiq abonentga ega global telekommunikatsiya va internet xizmatlari provayderi. Uning aksiyalari NASDAQ va Euronext Amsterdam fond bozorlarida joylashgan.

Beeline Uzbekistan'da 1,6 mingga yaqin xodim ishlaydi. 2006 yildan buyon O‘zbekiston bozoriga kirishi bilan VEON mamlakat telekommunikatsiya sohasiga 1,4 milliard AQSh dollaridan ortiq sarmoya kiritdi. Beeline SB'ning O‘zbekistondagi faoliyati davomida 1,9 milliard dollardan ortiq soliq to‘langan.

Sayt: beeline.uz

Facebook: fb.com/beeline.uz

Instagram: @beeline_uzbekistan

Telegram: t.me/beelineuzbekistan

Twitter: twitter.com/beeline_uz

LinkedIn: linkedin.com/company/beeline-uzbekistan/

Reklama

Top