Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya vagonlarini ta’mirlash uchun o‘zbek podshipniklaridan foydalaniladi
Rossiyada o‘z podshipniklarining o‘tkir tanqisligi tufayli O‘zbekiston va Xitoyda ishlab chiqarilganlaridan foydalaniladi.
MDH davlatlarining temiryo‘l transporti kengashi O‘zbekiston va Xitoy korxonalarida ishlab chiqarilgan podshipniklarini olib kirish va vagonlar g‘ildiragini ta’mirlashda foydalanishga ruxsat berdi.
Qaror Rossiya zavodlari duch kelgan ehtiyot qismlarining o‘tkir taqchilligi fonida qabul qilindi. Ukrainadagi urush tufayli xorij korxonalari hamkorlikdan bosh tortganidan so‘ng, podshipniklar bilan bog‘liq vaziyat yomonlashgan edi.
Podshipnik yetkazish huquqi SPZ-Bearings (O‘zbekiston), Luoyang LYC Bearing Co. va Wafangdian Bearing Group Corp. (ikkalasi ham Xitoy) kompaniyalariga berildi. O‘zbekiston korxonasi kelasi yildayoq 400 mingta kasseta podshipnigini yetkazib bermoqchi.
Rossiya bozorining kassetali podshipniklarga bo‘lgan talabi yiliga 350-450 ming donani tashkil etadi. Ehtiyot qismlar vagonlarni ta’mirlashda ham, yangilarini ishlab chiqarishda ham qo‘llanadi. Ta’mirlash cho‘qqisi 2023 yilga to‘g‘ri kelishi kutilmoqda. Hozirda 30 mingta vagon ta’mirtalab bo‘lib qolgan.
Mavzuga oid
12:12
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari qisqardi
11:00 / 08.06.2026
Isroilda xavfsizlik vaziyati keskinlashishi mumkin - elchixona
21:17 / 07.06.2026
Xitoy dunyodagi eng yirik astronomiya markazini qurishni rejalashtirmoqda
08:04 / 06.06.2026