Jahon | 14:41 / 06.12.2022
6622
1 daqiqa o‘qiladi

Ukraina mudofaa vaziri: G‘arb tanklar ham, jangovar samolyotlar ham beradi

Ukraina G‘arbdan nafaqat NATO standartidagi tanklarni, balki jangovar samolyotlarni ham oladi. Bunga mamlakat mudofaa vaziri Oleksiy Reznikov ishonch bildirdi. 

Foto: Getty Images

Kiyev hamkorlari «juda amaliy, pragmatik va realistik» hamda agar ular biron bir yangi tizim bersalar, omborlarida o‘q-dorilar, raketalar, ta’mirlash tizimlari, yo‘riqchilar va o‘qitilgan ukrainalik askarlar borligini bilishlari kerakligini aniq tushunishadi, dedi Reznikov butun mamlakat bo‘ylab efirga uzatilgan telemarafonda. 

Bundan oldin Ispaniya Ukrainaga Amerikaning dastlabki Hawk zenit-raketa komplekslarini topshirgandi. Bu haqda Ukraina mudofaa vaziri Oleksiy Reznikov ma’lum qildi. 

"Men Odessada Ispaniya mudofaa vaziri Margarita Roblesni qabul qildim. Biz Ukraina uchun janglarda halok bo‘lgan qahramonlar xotirasiga hurmat bajo keltirdik va askarlarimizni gospitalda ziyorat qildik. 

Ispaniya Ukrainani qo‘llab-quvvatlaydi: gumanitar va xavfsizlik yordami davom etadi. Ispaniyada yana ko‘plab jangchilarimiz o‘qitiladi. Ispaniya bizning dastlabki Hawk'larimizni taqdim etdi", deb yozdi u.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid