O‘zbekiston | 09:31 / 13.01.2023
17080
1 daqiqa o‘qiladi

Prezident raisligida Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 14 yanvar, Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bugun Toshkent shahridagi bir qator muassasalarga tashrif buyurishi kutilyapti.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Bugun O‘zbekiston prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev raisligida Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

So‘ng davlat rahbari Toshkent shahrida Qurolli Kuchlar Harbiy tibbiyot akademiyasi va Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy klinik gospitali faoliyati bilan tanishadi. 

Shuningdek, prezident Qurolli Kuchlar tashkil etilganining 31 yilligi va 14 yanvar - Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bir guruh harbiy xizmatchilarga davlat mukofotlarini topshiradi.

Mavzuga oid