O‘zbekiston | 09:27 / 17.02.2023
2193
1 daqiqa o‘qiladi

Yanvarda 380 ming kishi qarindoshlarni yo‘qlash maqsadida O‘zbekistonga kelgan

2023 yilning yanvar oyida 423,7 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.

Statistika agentligining ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 254,1 ming nafarga yoki 2,5 baravarga oshgan.

2023 yilning yanvar oyida O‘zbekiston Respublikasiga kelgan chet el fuqarolarining safar maqsadlari quyidagicha: 

  • qarindoshlarni yo‘qlash – 379,6 ming kishi;
  • dam olish – 26,9 ming kishi;
  • xizmat yuzasidan – 8,2 ming;
  • davolanish – 5,0 ming kishi;
  • tijorat – 2,8 ming kishi;
  • o‘qish maqsadida – 1,2 ming kishi.
Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid